Agar majburiyatni bajarish joyi qonunchilik yoki shartnoma bilan belgilab qo'yilgan bo'lmasa va majburiyatning mohiyatidan yoxud ish muomalasi odatlaridan yoinki odatda qo'yiladigan boshqa talablardan anglashilmasa, ijro quyidagi joylarda amalga oshirilishi kerak:
1) ko'chmas mol-mulkni topshirish majburiyatlari bo'yicha — mol-mulk turgan joyda;
2) tashishni nazarda tutadigan tovar yoki boshqa mol-mulkni topshirish majburiyatlari bo'yicha — tovarni kreditorga yetkazib berish uchun uni birinchi tashuvchiga topshirish joyida;
3) qarzdorning tovarni yoki boshqa mol-mulkni topshirish yuzasidan o'zga majburiyatlari bo'yicha — mol-mulkni tayyorlash va saqlash joyida, basharti majburiyatning kelib chiqishi paytida bu joy kreditorga ma'lum bo'lgan bo'lsa;
4) pul majburiyati bo'yicha — majburiyat vujudga kelgan paytda kreditor yashagan joyda, agar kreditor yuridik shaxs bo'lsa — uning majburiyat vujudga kelgan paytda joylashgan yerida, agar kreditor majburiyatni bajarish vaqtigacha o'z yashash joyini yoki joylashgan yerini o'zgartirgan bo'lsa va bu haqda qarzdorni xabardor qilgan bo'lsa — ijro etish joyi o'zgartirilishi bilan bog'liq hamma xarajatlarni kreditor hisobidan qilgan holda, uning yangi yashash joyida yoki joylashgan yerida;
5) boshqa barcha majburiyatlar bo'yicha — qarzdorning yashash joyida, agar qarzdor yuridik shaxs bo'lsa, uning joylashgan yerida.
lex.uz’dagi asl matn246-modda. Majburiyatni bajarish joyi
(246-модданинг биринчи хатбошиси Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)
Oddiy tilda
MAJBURIYATNI BAJARISH JOYI
Nimani anglatadi
Bu modda qaysi joyda qarzdor o'z majburiyatini bajarishi kerakligini belgilaydi. Agar shartnomada yoki qonunda aniq ko'rsatilmagan bo'lsa, majburiyatning turi asosida bajarish joyi o'zgaradi. Masalan, mol-mulkni topshirish, pul to'lash yoki boshqa ishlarni bajarish uchun turli joylar belgilangan.
Kimga tegishli
Bu qoida qarzdor va kreditor o'rtasidagi barcha majburiyatlarga qo'llaniladi.
Amalda
Akmal Rahimov o'z do'stiga 500 ming so'm qarz berdi. Shartnomada bajarish joyi ko'rsatilmagan. Akmal keyinchalik Toshkentdan Samarqandga ko'chib o'tdi va bu haqda do'stini xabardor qildi. Pul majburiyatini Samarqandda Akmalning yangi yashash joyida bajarish kerak, lekin Akmal ko'chish xarajatlarini to'lashi kerak.
Izoh sun’iy intellekt tomonidan tayyorlangan, rasmiy sharh emas.
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.