Fuqarolik kodeksi

24-modda. Fuqaroning tadbirkorlik faoliyati

(24-модда Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 25 декабрдаги ЎРҚ-1104-сонли Қонунига асосан тўртинчи қисм билан тўлдирилган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 25.12.2025 й., 03/25/1104/1213-сон)

Fuqaro yakka tadbirkor sifatida davlat ro'yxatidan o'tkazilgan paytdan boshlab tadbirkorlik faoliyati bilan shug'ullanishga haqlidir. Fuqarolarning yuridik shaxs tashkil etmasdan amalga oshiriladigan tadbirkorlik faoliyatiga nisbatan, agar qonunchilikdan yoki huquqiy munosabat mohiyatidan boshqacha tartib anglashilmasa, ushbu Kodeksning qoidalari qo'llaniladi. Yuridik shaxs tashkil etmasdan ushbu moddaning birinchi qismi talablarini buzgan holda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan fuqaro tuzgan bitimlar xususida o'zining tadbirkor emasligini vaj qilib ko'rsatishga haqli emas. Sud bunday bitimlarga ushbu Kodeksning tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bilan bog'liq majburiyatlar to'g'risidagi qoidalarini qo'llashi mumkin. Aylanmadan olinadigan soliq yoki qo'shilgan qiymat solig'i to'lovchi yakka tartibdagi tadbirkor moliya-xo'jalik faoliyatini amalga oshirmaganligi sababli belgilangan tartibda davlat soliq organining taqdimnomasiga asosan harakatsiz rejimga o'tkazilgan paytdan e'tiboran bir yil ichida o'z faoliyatini tiklamagan taqdirda, u ro'yxatdan o'tkazuvchi organning qaroriga ko'ra tugatilishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.