Majburiyatning taraflari — kreditor yoki qarzdor sifatida bir yoki bir paytning o'zida bir necha shaxs ishtirok etishi mumkin.
Majburiyatda qarzdor tomonida ishtirok etgan shaxslardan biriga kreditor bildirgan talablarning haqiqiy emasligi, shuningdek bunday shaxsga talab qo'yishga doir da'vo muddati o'tib ketganligi kreditorning qolgan shaxslarga bo'lgan talablariga o'zicha daxl etmaydi.
Agar taraflar shartnomaga binoan bir-birlariga nisbatan majburiyatli bo'lsa, taraflardan har biri boshqa taraf oldida uning foydasiga nima qilishi shart ekanligi jihatidan uning qarzdori va ayni bir paytning o'zida undan nima talab qilishga huquqli ekanligi jihatidan uning kreditori hisoblanadi.
Majburiyat unda taraflar sifatida qatnashmagan shaxslar (uchinchi shaxslar) uchun burchlar hosil qilmaydi.
Qonunchilikda yoki taraflarning kelishuvida nazarda tutilgan hollarda majburiyat uchinchi shaxslar uchun majburiyatning bir tarafi yoki har ikkala tarafiga nisbatan huquq vujudga keltirishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matnFuqarolik kodeksi
235-modda. Majburiyatning taraflari
(235-модданинг бешинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.