Fuqarolik kodeksi

229-modda. Mol-mulkni insofli egallovchidan talab qilib olish

(229-модданинг тўртинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2009 йил 22 сентябрдаги ЎРҚ-223-сонли Қонуни таҳририда — ЎР ҚҲТ, 2009 й., 39-сон, 423-модда)

Agar mol-mulk uni boshqa shaxsga berish huquqiga ega bo'lmagan shaxsdan haq to'lab olingan bo'lsa, oluvchi buni bilmagan va bilishi mumkin bo'lmagan (insofli egallovchi) bo'lsa, mol-mulk mulkdor tomonidan yoki egalik qilish uchun mulkdor bergan shaxs tomonidan yo'qotib qo'yilgan yoxud mulkdordan yoki u mol-mulkini bergan shaxsdan o'g'irlangan yo bo'lmasa, ularning ixtiyoridan tashqari boshqacha yo'l bilan ularning egaligidan chiqib ketgan bo'lsa, mulkdor bu mol-mulkni olgan shaxsdan talab qilib olishga haqli. Agar mol-mulk sud qarorlarini ijro etish uchun belgilangan tartibda sotilgan bo'lsa, mol-mulkni ushbu moddaning birinchi qismida ko'rsatilgan asoslar bo'yicha talab qilib olishga yo'l qo'yilmaydi. Agar mol-mulk uni boshqa shaxsga berish huquqiga ega bo'lmagan shaxsdan haq to'lamasdan olingan bo'lsa, mulkdor mol-mulkni barcha hollarda ham talab qilib olishga haqli. Pul insofli egallovchidan talab qilib olinishi mumkin emas.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.