Fuqaroning o'z harakatlari bilan fuqarolik huquqlariga ega bo'lish va ularni amalga oshirish, o'zi uchun fuqarolik burchlarini vujudga keltirish va ularni bajarish layoqati (muomala layoqati) u voyaga yetgach, ya'ni o'n sakkiz yoshga to'lgach to'la hajmda vujudga keladi.
Voyaga yetgunga qadar qonuniy asosda nikohdan o'tgan fuqaro nikohdan o'tgan vaqtdan e'tiboran to'la hajmda muomala layoqatiga ega bo'ladi.
Nikoh tuzish natijasida ega bo'lingan muomala layoqati o'n sakkiz yoshga to'lmasdan turib nikoh bekor qilingan taqdirda ham to'la saqlanib qoladi.
Nikoh haqiqiy emas deb topilganida sud voyaga yetmagan er (xotin) sud belgilagan paytdan boshlab to'la muomala layoqatini yo'qotganligi haqida qaror qabul qilishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matnFuqarolik kodeksi
22-modda. Fuqaroning muomala layoqati
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.