O'z ismi bilan yashash huquqiga e'tiroz bildirilayotgan yoki ismidan qonunsiz foydalanilayotganligi munosabati bilan manfaatlari buzilayotgan shaxs manfaatlarini buzuvchidan bunday harakatlarga chek qo'yishni va raddiya berishni talab qilishi mumkin. Agar manfaatlar qasddan buzilayotgan bo'lsa, jabrlangan shaxs qo'shimcha suratda zararni qoplashni talab qilishi mumkin. Zararni qoplash uchun manfaatni buzgan shaxsning daromadini berish talab qilinishi mumkin. Manfaat qasddan buzilganida jabrlanuvchi ma'naviy ziyonning qoplanishini ham talab qilish huquqiga ega.
Ism yoki shaxsiy sha'n egasi bo'lmagan, lekin oilaviy mavqeiga ko'ra bundan manfaatdor bo'lgan shaxs ham ushbu moddaning birinchi qismida ko'rsatilgan harakatlarga chek qo'yish yoki raddiya berish haqidagi talablarni qo'yishi mumkin. Bu shaxs boshqa shaxsning o'limidan keyin ham uning ismini va sha'nini himoya qilishga qaratilgan talablarning bajarilishiga harakat qilishi mumkin. Ismni va sha'nni buzish tufayli keltirilgan zararni qoplash talabi o'limdan keyin tan olinmaydi.
lex.uz’dagi asl matn20-modda. Ismni himoya qilish
Oddiy tilda
ISMNI HIMOYA QILISH
Nimani anglatadi
Har bir odam o'z ismi bilan yashash huquqiga ega. Agar kimdir sizning ismingizdan ruxsatsiz foydalansa yoki sizni noto'g'ri nomlab qo'ysa, siz uni to'xtatishni talab qilishingiz mumkin. Agar bu sizga zarar yetkazsa, zararni qoplashni ham so'rashingiz mumkin.
Kimga tegishli
Bu huquq har bir fuqarolik shaxsga va oilasining a'zolariga tegishli.
Amalda
Masalan, kimdir sizning nomingizdan soxta ijtimoiy tarmoq akkauntini ochib, sizga nisbatan shikoyat qilsa, siz sudga murojaat qilib akkauntni yopishni va o'zingizni himoya qilishni talab qilishingiz mumkin. Agar bu sizga ma'naviy yoki moddiy zarar yetkazgan bo'lsa, zararni qoplashni ham so'rashingiz mumkin.
Izoh sun’iy intellekt tomonidan tayyorlangan, rasmiy sharh emas.
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.