Fuqarolik kodeksi

198-modda. Mol-mulkni tugatish va hisobdan chiqarish

(198-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2022 йил 7 ноябрдаги ЎРҚ-801-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 08.11.2022 й., 03/22/801/0998-сон)

Mol-mulkni yo'q qilish (tugatish) natijasida mulk huquqini bekor qilishga qonunlarga zid bo'lmagan hollarda yo'l qo'yiladi. Mulkdor tomonidan tarixiy, ilmiy, badiiy qimmatga yoki o'zga madaniy qimmatga ega bo'lgan mol-mulkning yo'q qilinishiga yo'l qo'yilmaydi. Alohida hollarda sud qarori bilan mazkur mol-mulk musodara qilinishi yoki agar u yo'q qilingan bo'lsa, uning qiymati undirib olinishi mumkin. Mol-mulkni yuridik shaxsning balans hisobidan chiqarish natijasida mulk huquqining bekor qilinishi qonunchilikda yoki ta'sis hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda va shartlarda amalga oshiriladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.