Fuqarolik kodeksi

187-modda. Egalik qilish huquqini vujudga keltiruvchi muddat

Mulkdor bo'lmagan, lekin ko'chmas mol-mulkka o'n besh yil davomida yoki boshqa mol-mulkka besh yil davomida o'ziniki kabi halol, oshkora va uzluksiz egalik qilgan shaxs bu mol-mulkka mulk huquqini oladi (egalik qilish huquqini vujudga keltiruvchi muddat). Ko'chmas va boshqa mol-mulkka davlat ro'yxatidan o'tkazilishi shart bo'lgan mulk huquqi ushbu mol-mulkka egalik qilish huquqini vujudga keltiruvchi muddat tufayli olgan shaxsda ana shunday ro'yxatdan o'tkazilgan paytdan boshlab vujudga keladi. Egalik qilish huquqini vujudga keltiruvchi muddat tufayli mulk huquqini olganga qadar mol-mulkka o'ziniki kabi egalik qilib turgan shaxs o'z egaligini mol-mulkning egalari bo'lmagan, shuningdek qonunda yoki shartnomada nazarda tutilgan boshqa asoslarga ko'ra egalik qilish huquqi bo'lmagan uchinchi shaxslardan himoya qilish huquqiga ega. Egalik qilish muddatini vaj qilib keltiradigan shaxs o'zi huquqiy vorisi bo'lgan shaxsning bu mol-mulkka egalik qilib kelgan barcha vaqtini o'zining egalik qilish vaqtiga qo'shishi mumkin. Shaxs ixtiyorida bo'lib, ushbu Kodeksning 228, 229, 230 va 232-moddalariga muvofiq uning egaligidan talab qilib olinishi mumkin bo'lgan ashyolarga doir egalik qilish huquqini vujudga keltiruvchi muddat tegishli talablar bo'yicha da'vo muddati tamom bo'lganidan keyin o'ta boshlaydi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.