Shartnoma asosida mol-mulk oluvchida mulk huquqi, agar qonunchilikda yoki shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan bo'lmasa, ashyo topshirilgan paytdan boshlab vujudga keladi.
Agar mol-mulkni boshqa shaxsga berish haqidagi shartnoma davlat ro'yxatidan o'tkazilishi yoki notarial tasdiqlanishi kerak bo'lsa, mol-mulkni oluvchida mulk huquqi shartnoma ro'yxatdan o'tkazilgan yoki tasdiqlangan paytdan boshlab, shartnomani ham notarial tasdiqlash, ham davlat ro'yxatidan o'tkazish zarur bo'lganida esa — ro'yxatdan o'tkazilgan paytdan boshlab vujudga keladi.
lex.uz’dagi asl matnFuqarolik kodeksi
185-modda. Shartnoma asosida mol-mulk oluvchida mulk huquqining vujudga kelish payti
(185-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.