Fuqarolar:
mulk huquqi asosida mol-mulkka ega bo'lishlari; mol-mulkni meros qilib olishlari va vasiyat qilib qoldirishlari; bankda jamg'armalarga ega bo'lishlari; tadbirkorlik, dehqon (fermer) xo'jaligi bilan hamda qonunda taqiqlab qo'yilmagan boshqa faoliyat bilan shug'ullanishlari; yollanma mehnatdan foydalanishlari; yuridik shaxslar tashkil etishlari; bitimlar tuzishlari va majburiyatlarda ishtirok etishlari; yetkazilgan zararning to'lanishini talab qilishlari; mashg'ulot turini va yashash joyini tanlashlari; fan, adabiyot va san'at asarlarining, ixtironing, qonun bilan qo'riqlanadigan boshqa intellektual faoliyat natijalarining muallifi huquqiga ega bo'lishlari mumkin.
Fuqarolar boshqa mulkiy va shaxsiy nomulkiy huquqlarga ham ega bo'lishlari mumkin.
lex.uz’dagi asl matnFuqarolik kodeksi
18-modda. Fuqarolar huquq layoqatining mazmuni
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.