Fuqarolik kodeksi

172-modda. Mulk huquqini amalga oshirish shartlari

(172-модданинг иккинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)

Mulkdorning o'z huquqlarini amalga oshirishi boshqa shaxslarning huquqlarini va qonun bilan qo'riqlanadigan manfaatlarini buzmasligi shart. Qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda, shartlarda va doirada mulkdor boshqa shaxslar uning mol-mulkidan cheklangan tarzda foydalanishiga yo'l qo'yishga majbur. Mulkdor o'zining ustunlik mavqeini suiiste'mol qilishga, boshqa shaxslarning huquqlarini va qonun bilan qo'riqlanadigan manfaatlarini kamsitadigan o'zga harakatlarni qilishga haqli emas. Mulkdor o'z huquqini amalga oshirganida fuqarolarning sog'lig'iga va atrof muhitga zarar yetkazishining oldini olish choralarini ko'rishga majbur.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.