Quyidagilar notarial tasdiqlangan ishonchnomalarga tenglashtiriladi:
gospitallarda, sanatoriylarda va boshqa harbiy-davolash muassasalarida davolanayotgan harbiy xizmatchilarning hamda boshqa shaxslarning shu muassasalarning boshliqlari, ularning tibbiy qism bo'yicha o'rinbosarlari, katta va navbatchi shifokorlari tomonidan tasdiqlangan ishonchnomalari, avtomototransport vositalarini boshqarish va tasarruf etish haqidagi ishonchnomalar bundan mustasno;
harbiy xizmatchilarning, harbiy qismlar, qo'shilmalar, muassasalar hamda harbiy o'quv yurtlari joylashgan, notarial idoralar va notarial harakatlarni amalga oshiruvchi boshqa organlar bo'lmagan punktlarda esa — ishchi va xizmatchilarning, ular oilalarining va harbiy xizmatchilar oila a'zolarining shu qism, qo'shilma, muassasa va o'quv yurtlarining komandirlari (boshliqlari) tomonidan tasdiqlangan ishonchnomalari, avtomototransport vositalarini boshqarish va tasarruf etish haqidagi ishonchnomalar bundan mustasno;
ozodlikdan mahrum qilish joylarida bo'lgan yoki qamoqda saqlanayotgan shaxslarning tegishli muassasalar boshliqlari tomonidan tasdiqlangan ishonchnomalari, avtomototransport vositalarini boshqarish va tasarruf etish haqidagi ishonchnomalar bundan mustasno.
lex.uz’dagi asl matnFuqarolik kodeksi
136-modda. Notarial tasdiqlangan ishonchnomalarga tenglashtirilgan ishonchnomalar
(136-модданинг иккинчи, учинчи, тўртинчи хатбошилари Ўзбекистон Республикасининг 2006 йил 27 сентябрдаги ЎРҚ-56-сонли Қонуни таҳририда — ЎР ҚҲТ, 2006 й., 39-сон, 385-модда)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.