Fuqarolik kodeksi

133-modda. Tijorat vakilligi

(133-модданинг иккинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)

Tadbirkorlar shartnomalar tuzayotganida ular nomidan doimo va mustaqil suratda vakillik qiluvchi shaxs (tijorat vakili) vakilning vakolatlari ko'rsatilgan yozma shartnoma asosida, bunday vakolatlar ko'rsatilmagan taqdirda esa — ishonchnoma asosida ham ish olib boradi. Tijorat vakili o'zining ishtirokida tuzilgan shartnomadagi turli taraflarning manfaatlarini faqat bu taraflarning roziligi bilan hamda qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa hollardagina ayni bir vaqtda ifodalashi mumkin. Agar taraflar bilan tuzilgan bitimda boshqacha tartib nazarda tutilgan bo'lmasa, tijorat vakili shartlashilgan haqni va topshiriqni bajarish vaqtida qilgan chiqimlarini teng ulushlarda to'lashni shartnomadagi taraflardan talab qilishga haqli. Tijorat vakili o'ziga berilgan topshiriqni bajarib bo'lganidan keyin ham savdo bitimlari to'g'risida o'ziga ma'lum bo'lgan ma'lumotlarni sir saqlashi shart. Tadbirkorlik faoliyatining ayrim sohalaridagi tijorat vakilligining xususiyatlari qonunchilik bilan belgilanadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.