Jiddiy ahamiyatga ega bo'lgan yanglishish ta'sirida tuzilgan bitim yanglishish ta'sirida harakat qilgan tarafning da'vosi bo'yicha sud tomonidan haqiqiy emas deb topilishi mumkin.
Bitimning tabiati, uning narsasining o'z vazifasi bo'yicha foydalanish imkoniyatini ancha pasaytiradigan o'xshashligi yoki sifati haqida yanglishish jiddiy ahamiyatga egadir. Bitimning sabablari xususida yanglishish jiddiy ahamiyatga ega emas.
Agar bitim yanglishish ta'sirida tuzilganligi tufayli haqiqiy emas deb topilsa, ushbu Kodeks 114-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan qoidalar qo'llaniladi.
Bundan tashqari, o'z da'vosiga ko'ra bitim haqiqiy emas deb topilgan taraf yanglishish ikkinchi tarafning aybi bilan yuz berganligini isbotlay olsa, ikkinchi tarafdan o'ziga yetkazilgan haqiqiy zararni to'lashni talab qilishga haqli. Agar bu hol isbotlanmasa, o'z da'vosiga ko'ra bitim haqiqiy emas deb topilgan taraf ikkinchi tarafning talabi bilan, basharti hatto yanglishish yanglishgan tarafga bog'liq bo'lmagan holatlarga ko'ra yuz bergan bo'lsa ham, yetkazilgan haqiqiy zararni unga to'lashi shart.
lex.uz’dagi asl matnFuqarolik kodeksi
122-modda. Yanglishish ta'sirida tuzilgan bitimning haqiqiy emasligi
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.