Fuqarolik kodeksi

1198-modda. Shaxslarning vasiyatnoma tuzish va uni bekor qilish layoqati, vasiyatnomaning va uni bekor qilish hujjatining shakli

Shaxsning vasiyatnoma tuzish va uni bekor qilish layoqati, shuningdek vasiyatnomaning va uni bekor qilish hujjatining shakli, agar meros qoldiruvchi vasiyatnomada o'zi fuqarosi bo'lgan mamlakatning huquqini tanlagan bo'lmasa, hujjat tuzilayotgan paytda meros qoldiruvchi doimiy turar joyga ega bo'lgan mamlakatning huquqi bo'yicha aniqlanadi. Biroq vasiyatnoma yoki uning bekor qilinishi, agar shakl hujjat tuzilgan joyning yoki O'zbekiston Respublikasining huquqi talablarini qanoatlantirsa, shaklga rioya etilmaganligi natijasida haqiqiy emas deb topilmaydi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.