Fuqarolik kodeksi

1190-modda. Taraflarning kelishuvi bo'lmagan taqdirda shartnomaga nisbatan qo'llaniladigan huquq

(1190-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 17 апрелдаги ЎРҚ-1058-сонли Қонунига асосан ўн олтинчи хатбоши билан тўлдирилган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 18.04.2025 й., 03/25/1058/0355-сон)

Qo'llanilishi lozim bo'lgan huquq to'g'risida shartnoma taraflarining kelishuvi bo'lmagan taqdirda, bu shartnomaga nisbatan: oldi-sotdi shartnomasida — sotuvchi; hadya shartnomasida — hadya qiluvchi; ijara (mulk ijarasi) shartnomasida — ijaraga beruvchi; mol-mulkdan tekin foydalanish shartnomasida — ssuda beruvchi; pudrat shartnomasida — pudratchi; yo'lovchi, bagaj va yuk tashish shartnomasida — tashuvchi; transport ekspeditsiyasi shartnomasida — ekspeditor; qarz shartnomasida yoki boshqa kredit shartnomasida — kreditor; topshiriq shartnomasida — ishonchli vakil; vositachilik shartnomasida — vositachi; omonat saqlash shartnomasida — saqlovchi; sug'urta shartnomasida — sug'urtalovchi; kafillik shartnomasida — kafil; garov to'g'risidagi shartnomada — garovga qo'yuvchi; pul talabnomasidan boshqa shaxs foydasiga voz kechish evaziga moliyalash (faktoring) shartnomasida — mijoz; alohida huquqlardan foydalanish to'g'risidagi litsenziya shartnomasida — litsenziar hisoblanuvchi taraf ta'sis etilgan, turar joyga ega bo'lgan yoki asosiy faoliyat joyi bo'lgan mamlakat huquqi qo'llaniladi. Qo'llanilishi lozim bo'lgan huquq to'g'risida shartnoma taraflarining kelishuvi bo'lmagan taqdirda, ushbu modda birinchi qismining qoidalaridan qat'i nazar: ko'chmas mulk to'g'risidagi shartnomaga nisbatan — bu mulk turgan mamlakatning huquqi; birgalikdagi faoliyat to'g'risidagi shartnomaga va qurilish pudrati shartnomasiga nisbatan — ana shunday faoliyat amalga oshirilayotgan yoki shartnomada nazarda tutilgan natijalar yaratilayotgan mamlakatning huquqi; kimoshdi savdosida, tanlov bo'yicha yoki birjada tuzilgan shartnomaga nisbatan — kimoshdi savdosi, tanlov o'tkazilayotgan yoki birja joylashgan mamlakatning huquqi qo'llaniladi. Ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida ko'rsatib o'tilmagan shartnomalarga nisbatan qo'llanilishi lozim bo'lgan huquq to'g'risida taraflarning kelishuvi bo'lmagan taqdirda, bunday shartnomaning mazmuni uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega bo'lgan ijroni amalga oshirayotgan taraf ta'sis etilgan, turar joyga ega bo'lgan yoki asosiy faoliyat joyi bo'lgan mamlakatning huquqi qo'llaniladi. Shartnomaning mazmuni uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega bo'lgan ijroni aniqlashning imkoniyati bo'lmagan taqdirda, shartnoma eng uzviy bog'langan mamlakatning huquqi qo'llaniladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.