Mol-mulkka nisbatan ashyoviy huquqlarning vujudga kelishi va bekor bo'lishi, agar O'zbekiston Respublikasining qonunlarida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo'lmasa, ashyoviy huquqlarning vujudga kelishi yoxud bekor bo'lishi uchun asos bo'lgan harakat yoki boshqa holat sodir bo'lgan paytda bu mol-mulk turgan mamlakatning huquqi bo'yicha aniqlanadi.
Bitim narsasi bo'lgan mol-mulkka nisbatan ashyoviy huquqlarning vujudga kelishi va bekor bo'lishi, agar taraflarning kelishuvida boshqacha tartib belgilangan bo'lmasa, ushbu bitim bo'ysundirilgan mamlakatning huquqi bo'yicha aniqlanadi.
Egalik qilish huquqini vujudga keltiruvchi muddat tufayli mol-mulkka nisbatan mulk huquqining vujudga kelishi egalik qilish huquqini vujudga keltiruvchi muddat tugagan paytda mol-mulk joylashgan mamlakatning huquqi bilan aniqlanadi.
lex.uz’dagi asl matnFuqarolik kodeksi
1185-modda. Ashyoviy huquqlarning vujudga kelishi va bekor bo'lishi
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.