Bitimning shakli u tuziladigan joy huquqiga bo'ysunadi. Biroq chet elda tuzilgan bitim, agar O'zbekiston Respublikasi huquqi talablariga rioya etilgan bo'lsa, shaklga rioya etilmaganligi tufayli haqiqiy emas deb topilishi mumkin emas.
Loaqal ishtirokchilaridan bittasi O'zbekiston Respublikasining yuridik shaxsi yoki O'zbekiston Respublikasining fuqarosi bo'lgan tashqi iqtisodiy bitim, qayerda tuzilayotganidan qat'i nazar, yozma shaklda tuziladi.
Ko'chmas mulk xususidagi bitimning shakli bu mulk joylashgan mamlakat huquqiga bo'ysunadi, O'zbekiston Respublikasida davlat reyestrida qayd etilgan ko'chmas mulkka nisbatan esa, O'zbekiston Respublikasi huquqiga bo'ysunadi.
lex.uz’dagi asl matnFuqarolik kodeksi
1181-modda. Bitimning shakli
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.