Qonunchilikning talablariga muvofiq kelmaydigan mazmundagi bitim, shuningdek huquq-tartibot yoki axloq asoslariga atayin qarshi maqsadda tuzilgan bitim o'z-o'zidan haqiqiy emasdir. Bunday bitimga nisbatan ushbu Kodeks 114-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan qoidalar qo'llaniladi.
Korruptsiyaga, shu jumladan manfaatlar to'qnashuviga yo'l qo'yilgan holda tuzilgan bitim sud tartibida haqiqiy emas deb topiladi.
lex.uz’dagi asl matnFuqarolik kodeksi
116-modda. Qonunchilikning talablariga muvofiq bo'lmagan bitimning haqiqiy emasligi
(116-модда Ўзбекистон Республикасининг 2024 йил 5 июндаги ЎРҚ-931-сонли Қонунига асосан иккинчи қисм билан тўлдирилган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 05.06.2024 й., 03/24/931/0402-сон — 2024 йил 6 декабрдан кучга киради)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.