Agar qonun bo'yicha ham, vasiyatnoma bo'yicha ham merosxo'rlar bo'lmasa yoxud merosxo'rlardan hech qaysisi vorislik huquqiga ega bo'lmasa yoxud ularning hammasi merosdan voz kechgan bo'lsa, meros mol-mulk egasiz deb hisoblanadi.
Meros mol-mulk meros ochilgan joydagi mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari yoki fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organining arizasi bo'yicha meros ochilgan kundan e'tiboran uch yil o'tganidan keyin sudning qarori asosida egasiz deb topiladi. Meros mol-mulk, agar uni qo'riqlash va boshqarish bilan bog'liq xarajatlar uning qiymatidan oshib ketsa, ko'rsatilgan muddat o'tishidan oldin egasiz deb topilishi mumkin.
Egasiz mol-mulk u turgan joydagi fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organi mulkiga o'tadi, bu organ mol-mulkdan voz kechgan taqdirda, davlat mulkiga o'tadi.
Egasiz mol-mulkni qo'riqlash va boshqarish ushbu Kodeksning 1144-moddasiga muvofiq amalga oshiriladi.
lex.uz’dagi asl matnFuqarolik kodeksi
1157-modda. Egasiz qolgan mol-mulk
(1157-модданинг иккинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 30 декабрдаги ЎРҚ-1109-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 30.12.2025 й., 03/25/1109/1241-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.