Meros qoldiruvchining voyaga yetmagan yoki mehnatga qobiliyatsiz bolalari, shu jumladan farzandlikka olgan bolalari, shuningdek mehnatga qobiliyatsiz eri (xotini) va ota-onasi, shu jumladan uni farzandlikka olganlar, vasiyatnomaning mazmunidan qat'i nazar, qonun bo'yicha voris bo'lganlarida ulardan har biriga tegishi lozim bo'lgan ulushning kamida yarmini (majburiy ulush) meros qilib oladilar.
Majburiy ulush olish huquqiga ega bo'lgan merosxo'r biron-bir asos bo'yicha merosdan oladigan hamma narsa, shu jumladan oddiy uy jihozlari va ro'zg'or buyumlaridan iborat mol-mulkning qiymati ham, bunday merosxo'r foydasiga qilingan vasiyat majburiyatining qiymati ham majburiy ulushga qo'shiladi.
Merosdan majburiy ulush olish huquqiga ega bo'lgan merosxo'r uchun vasiyatnomada belgilangan har qanday cheklashlar va shartlar unga tegadigan merosning majburiy ulushdan ortiqcha qismiga nisbatangina haqiqiydir.
lex.uz’dagi asl matnFuqarolik kodeksi
1142-modda. Merosdan majburiy ulush olish huquqi
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.