Bitim ushbu Kodeksda va boshqa qonunlarda belgilab qo'yilgan asoslarga ko'ra, sud haqiqiy emas deb topganligi sababli (nizoli bitim) yoki bunday deb topilishidan qat'i nazar, haqiqiy emas deb hisoblanadi (o'z-o'zidan haqiqiy bo'lmagan bitim).
Nizoli bitimni haqiqiy emas deb topish to'g'risidagi talabni ushbu Kodeksda ko'rsatilgan shaxslar qo'yishlari mumkin.
O'z-o'zidan haqiqiy bo'lmagan bitim haqiqiy emasligining oqibatlarini qo'llanish to'g'risidagi talabni har qanday manfaatdor shaxs qo'yishi mumkin. Sud bunday oqibatlarni o'z tashabbusi bilan qo'llashga haqli.
lex.uz’dagi asl matnFuqarolik kodeksi
113-modda. Nizoli va o'z-o'zidan haqiqiy bo'lmagan bitimlar
(113-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2024 йил 21 февралдаги ЎРҚ-911-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 22.02.2024 й., 03/24/911/0142-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.