Fuqarolik kodeksi

1127-modda. Vasiyatnomani bekor qilish va o'zgartirish

Vasiyat qiluvchi istalgan vaqtda o'z vasiyatnomasini to'laligicha bekor qilishga yoxud unda mavjud bo'lgan ayrim vasiyat farmoyishlarini yangi vasiyatnoma tuzish orqali bekor qilishga, o'zgartirishga yoki to'ldirishga haqli. Vasiyatnoma vasiyat qiluvchi tomonidan yoki vasiyat qiluvchining yozma farmoyishiga binoan notarius yoxud boshqa mansabdor shaxslar tomonidan uning barcha nusxalarini yo'q qilib tashlash yo'li bilan bekor qilinishi mumkin. Yangi vasiyatnoma tuzish orqali oldin tuzilgan vasiyatnoma to'laligicha yoki uning keyingi vasiyatnomaga zid bo'lgan qismi bekor qilinadi. Agar vasiyat qiluvchi tomonidan keyingi vasiyatnoma o'z navbatida bekor qilingan yoki o'zgartirilgan bo'lsa, yangi vasiyatnoma tuzish orqali to'laligicha yoki qisman bekor qilingan oldingi vasiyatnoma qayta tiklanmaydi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.