Fuqarolik kodeksi

1121-modda. Shartli vasiyatnoma

Vasiyat qiluvchi merosning olinishi uchun merosxo'r xulq-atvorining xususiyatini qonuniy ravishda shart qilib qo'yishga haqli. Merosxo'rni tayinlash yoki vorislik huquqidan mahrum etish to'g'risidagi farmoyishga kiritilgan g'ayriqonuniy shartlar haqiqiy bo'lmaydi. Vasiyatnomaga kiritilgan bo'lib, merosxo'r o'z salomatligining ahvoliga ko'ra yoki boshqa ob'yektiv sabablar tufayli bajara olmaydigan shartlar merosxo'rning da'vosi bo'yicha haqiqiy emas deb topilishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.