Fuqarolik kodeksi

1116-modda. Merosning ochilishi

Meros fuqaroning o'limi yoki uning sud tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinishi oqibatida ochiladi. Meros qoldiruvchining o'lgan kuni (zarurat bo'lganda payti ham), u vafot etgan deb e'lon qilinganda esa, agar sudning qarorida boshqa muddat ko'rsatilgan bo'lmasa, vafot etgan deb e'lon qilish to'g'risidagi sudning qarori kuchga kiradigan kun meros ochilgan vaqt deb hisoblanadi. Agar biridan keyin boshqasi meros olishga haqli bo'lgan shaxslar bir kalendar sutka (yigirma to'rt soat) ichida vafot etgan bo'lsalar, ular bir vaqtda vafot etgan deb hisoblanadilar, meros ularning har biridan keyin ochiladi va ulardan har birining merosxo'rlari vorislikka chaqiriladilar.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.