Tovar chiqarilgan joy nomidan foydalanish huquqiga ega bo'lgan shaxs, shuningdek iste'molchilar huquqlarini himoya qiluvchi tashkilotlar bu nomdan qonunga xilof foydalanayotgan shaxsdan nomdan foydalanishni to'xtatish, tovardan, uning idishi va o'rovidan, blankalar va boshqa hujjatlardan qonunga xilof foydalanilayotgan nomni yoki nom bilan adashtiradigan tarzda juda o'xshash belgini yo'qotishni, tayyorlab qo'yilgan nom tasvirlarini va nom bilan adashtiradigan tarzda o'xshash belgilarni yo'q qilib tashlashni, basharti buning iloji bo'lmasa tovarni va (yoki) idish va o'rovni olib qo'yish hamda yo'q qilib tashlashni talab qilishga haqlidir.
Tovar chiqarilgan joy nomidan foydalanish huquqiga ega bo'lgan shaxs bu huquqni buzuvchidan o'ziga yetkazilgan zararning qoplanishini talab qilishga haqlidir.
lex.uz’dagi asl matnFuqarolik kodeksi
1111-modda. Tovar chiqarilgan joy nomidan qonunga xilof foydalanganlik uchun javobgarlik
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.