Tovar chiqarilgan joy nomi uni ro'yxatga olish asosida huquqiy jihatdan muhofaza qilinadi.
Mamlakat, aholi punkti, joy yoki boshqa jo'g'rofiy ob'yektning tovarni belgilash uchun ishlatiladigan nomi alohida xususiyatlari tamomila yoki asosan ana shu jo'g'rofiy ob'yektga xos tabiiy sharoitlar yoki boshqa omillar yoxud tabiiy sharoitlar va bu omillarning o'zaro birikmasi bilan belgilanadigan tovar chiqarilgan joy nomi (kelib chiqish ko'rsatkichi) deb e'tirof etiladi.
Jo'g'rofiy ob'yektning tarixiy nomi tovar chiqarilgan joyning nomi bo'lishi mumkin.
Garchi jo'g'rofiy ob'yektning nomi bo'lsa-da yoki shu nomni o'z tarkibiga olgan bo'lsa-da, ammo O'zbekiston Respublikasida muayyan turdagi tovarning u tayyorlangan joy bilan bog'liq bo'lmagan belgisi sifatida umumiy iste'molga kirib ketgan belgi tovar chiqarilgan joy nomi deb e'tirof etilmaydi va ushbu paragraf qoidalariga muvofiq huquqiy muhofaza maqsadlarida ro'yxatdan o'tkazilmaydi. Biroq bu hol bunday nomdan insofsizlik bilan foydalanish natijasida huquqi buzilgan shaxsni o'z huquqlarini qonunda nazarda tutilgan boshqacha usullar bilan muhofaza qilish imkoniyatidan mahrum etmaydi.
Tovar chiqarilgan joy nomini vakolatli davlat organi ro'yxatdan o'tkazadi.
Ro'yxatga olish asosida tovar chiqarilgan joy nomidan foydalanish huquqi to'g'risida guvohnoma beriladi.
Ro'yxatga olish, guvohnoma berish, ro'yxatga olishni haqiqiy emas deb topish hamda ro'yxatga olish va guvohnomaning amal qilishini to'xtatish tartibi va shartlari qonun bilan belgilab qo'yiladi.
lex.uz’dagi asl matnFuqarolik kodeksi
1108-modda. Tovar chiqarilgan joy nomini huquqiy jihatdan muhofaza qilish
(1108-модданинг бешинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2020 йил 5 октябрдаги ЎРҚ-640-сонли Қонуни таҳририда — Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 05.10.2020 й., 03/20/640/1348-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.