Tovar belgisidan qonunga xilof ravishda foydalanayotgan shaxs qoidabuzarlikni to'xtatishi va tovar belgisining egasiga yetkazilgan zararni to'lashi shart. Tovar belgisining egasi tovar belgisidan qonunga xilof ravishda foydalanayotgan shaxsdan zararlarning qoplanishi o'rniga qonunda belgilangan miqdorda va tartibda tovon to'lashini talab qilishga haqlidir.
Tovar belgisidan qonunga xilof ravishda foydalanilgan holda ishlab chiqarilgan tovarlar hamda ularning o'rovlari va yorliqlari qoidabuzar hisobidan olib qo'yilishi hamda yo'q qilinishi lozim.
lex.uz’dagi asl matnFuqarolik kodeksi
1107-modda. Tovar belgisiga bo'lgan huquqni buzganlik uchun javobgarlik
(1107-модданинг иккинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 8 августдаги ЎРҚ-1080-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 09.08.2025 й., 03/25/1080/0710-сон. Кучга кириш санаси — 2025 йил 10 ноябрь)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.