Fuqarolik kodeksi

1105-modda. Tovar belgisiga bo'lgan huquqning boshqa shaxsga o'tishi

(1105-модданинг учинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2020 йил 5 октябрдаги ЎРҚ-640-сонли Қонуни таҳририда — Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 05.10.2020 й., 03/20/640/1348-сон)

Guvohnomada ko'rsatilgan tovarlar, ishlar va xizmatlarning barcha guruhlariga yoki bir qismiga nisbatan tovar belgisiga bo'lgan huquqni uning egasi shartnoma asosida boshqa shaxsga berishi mumkin. Tovar belgisiga bo'lgan huquqni, basharti u tovar yoki uning tayyorlovchisi haqida chalg'ishga sabab bo'lishi mumkin bo'lsa, boshqa shaxsga berishga yo'l qo'yilmaydi. Tovar belgisiga bo'lgan huquqning boshqa shaxsga o'tishi, shu jumladan uni shartnoma asosida yoki huquqiy vorislik tartibida boshqa shaxsga berish vakolatli davlat organida ro'yxatdan o'tkazilmog'i lozim.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.