Fuqarolik kodeksi

1103-modda. Tovar belgisidan foydalanish va uning daxlsizligi huquqi

(1103-модда Ўзбекистон Республикасининг 2000 йил 15 декабрдаги 175-II-сон Қонуни таҳририда — Олий Мажлис Ахборотномаси, 2001 й., 1-2-сон, 23-модда)

Tovar belgisiga bo'lgan huquq egasi o'ziga tegishli belgidan foydalanishda va uni tasarruf etishda alohida huquqqa ega. Tovar belgisiga o'zgartishlar va qo'shimchalar kiritishdan iborat alohida huquq ham tovar belgisiga bo'lgan huquq egasiga tegishlidir. Tovar belgisini Qonunda belgilangan tartibda har qanday tarzda muomalaga kiritish undan foydalanish deb hisoblanadi. Tovar belgisini nashr etganda, uni ko'pchilik oldida ijro etganda yoki undan o'zgacha tarzda foydalanganda tovar belgisining o'ziga ham, uning belgilariga ham biror-bir o'zgartishlar kiritishga faqat unga bo'lgan huquq egasining roziligi bilan yo'l qo'yiladi. Tovar belgisining daxlsizligiga bo'lgan huquq tovar belgisiga bo'lgan huquq egasiga tegishlidir.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.