Fuqarolik kodeksi

1101-modda. Firma nomiga bo'lgan huquqni boshqa shaxsga berish

Yuridik shaxsning firma nomiga bo'lgan huquqni boshqa shaxsga berish va o'tkazishga faqat yuridik shaxs qayta tashkil etilgan hamda umuman korxona boshqa shaxsga berilgan hollardagina yo'l qo'yiladi. Firma nomiga bo'lgan huquq egasi boshqa shaxsga o'zining bu nomidan foydalanishga ruxsat etishi (litsenziya berishi) mumkin. Biroq bunda litsenziya shartnomasida iste'molchini chalg'itib qo'yishni istisno etuvchi choralar shart qilib qo'yilishi lozim.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.