Fuqarolik kodeksi

1087-modda. Xizmat ixtirolari, foydali modellari, sanoat namunalari

Xodim o'z xizmat majburiyatlarini yoki ish beruvchidan olgan aniq topshiriqni bajarish vaqtida yaratgan ixtiro, foydali model, sanoat namunasiga (xizmat ixtirosiga) patent olish huquqi, basharti bu ular o'rtasidagi shartnomada nazarda tutilgan bo'lsa, ish beruvchiga tegishli bo'ladi. Xizmat ixtirosi, foydali modeli, sanoat namunasi uchun muallifga to'lanadigan mukofot puli miqdori, to'lov sharti va tartibi u bilan ish beruvchi o'rtasidagi kelishuv bilan belgilab qo'yiladi. Kelishuvga erishilmagan taqdirda qarorni sud chiqaradi. Basharti muallif va ish beruvchining xizmat ixtirosi, foydali modeli yoki sanoat namunasini yaratishga qo'shgan hissasini aniq belgilashning iloji bo'lmasa, ish beruvchi olgan yoki oladigan foydaning yarmisiga bo'lgan huquq muallifniki deb e'tirof etiladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.