Fuqarolik kodeksi

1083-modda. Ixtiro, foydali model, sanoat namunasidan foydalanish huquqi

Patent bilan muhofazalangan ixtiro, foydali model, sanoat namunasidan o'z xohishicha foydalanishdagi alohida huquq, shu jumladan muhofazalangan yechimlarni qo'llangan holda mahsulot ishlab chiqarish, patent bilan muhofazalangan texnologik jarayonlarni o'z ishlab chiqarishida qo'llash, muhofazalangan yechimga ega bo'lgan mahsulotlarni sotish yoki sotishga taklif etish, tegishli mahsulotlarni chetdan keltirish huquqi patent egasiga tegishlidir. Patent egasidan boshqa shaxslar uning ruxsatisiz ixtiro, foydali model, sanoat namunasidan foydalanishga haqli emas, bunday foydalanish ushbu Kodeks yoki boshqa qonunga muvofiq patent egasining huquqlarini buzish hisoblanmaydigan hollar bundan mustasno. Patentlangan ixtironi, foydali model yoki sanoat namunasini qo'llangan holda mahsulotni ruxsatsiz tayyorlash, qo'llanish, chetdan olib kelish, sotishga taklif etish, sotish, fuqarolik muomalasiga boshqa yo'sinda kiritish yoki shu maqsadda saqlash, shuningdek ixtiro patenti bilan muhofaza qilinayotgan usulni qo'llanish yoxud ixtiro patenti bilan muhofaza qilinayotgan usul vositasidagina tayyorlangan mahsulotni fuqarolik muomalasiga kiritish yoki shu maqsadda saqlash patent egasi alohida huquqining buzilishi hisoblanadi. Boshqacha holat isbotlangunga qadar mahsulot patentlangan usul bilan tayyorlangan hisoblanadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.