Qonunchilikda yoki taraflarning kelishuvida yozma shakl belgilab qo'yilmagan, jumladan u tuzilayotgan vaqtning o'zidayoq bajariladigan bitim og'zaki tuzilishi mumkin. Shaxsning xatti-harakatidan uning bitim tuzishga bo'lgan xohish-irodasi bilinib turgan holda ham bunday bitim tuzilgan hisoblanadi.
Jeton, patta yoki odatda qabul qilingan boshqa belgi berish yo'li bilan tasdiqlangan bitim, agar qonunchilikda boshqacha tartib belgilangan bo'lmasa, og'zaki shaklda tuzilgan bitim hisoblanadi.
Yozma shaklda tuzilgan shartnomani bajarishga qaratilgan bitimlar, agar qonunchilik va shartnomaga zid bo'lmasa, taraflarning kelishuviga muvofiq og'zaki tuzilishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matnFuqarolik kodeksi
106-modda. Bitimning og'zaki shakli
(106-модда Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.