Fuqarolik kodeksi

1051-modda. Muallifning shaxsiy nomulkiy huquqlari

(1051-модда матни Ўзбекистон Республикасининг 2007 йил 16 январдаги ЎРҚ-79-сонли Қонуни таҳририда — ЎР ҚҲТ, 2007 й., 3-сон, 21-модда)

Asar muallifiga quyidagi shaxsiy nomulkiy huquqlar tegishlidir: asar muallifi deb e'tirof etilish huquqi (mualliflik huquqi); asardan muallifning haqiqiy ismi, taxallusini ko'rsatgan holda yoxud ismini ko'rsatmasdan, ya'ni imzosiz foydalanish yoki foydalanishga ruxsat berish huquqi (mualliflik ismiga bo'lgan huquq); asarni har qanday shaklda oshkor qilish yoki oshkor qilishga ruxsat berish huquqi (oshkor qilishga bo'lgan huquq), shu jumladan chaqirib olish huquqi; asarni, shu jumladan uning nomini muallifning sha'ni va qadr-qimmatiga zarar yetkazishi mumkin bo'lgan har qanday tarzda buzib ko'rsatilishidan yoki har qanday boshqacha tarzda tajovuz etilishidan himoya qilish huquqi (muallif obro'sini himoya qilish huquqi). Muallif asarni oshkor qilish to'g'risida ilgari qabul qilgan qaroridan, asardan foydalanish huquqini olgan shaxslarga ular shunday qaror tufayli ko'rgan zararlarning, shu jumladan boy berilgan foydaning o'rnini qoplash sharti bilan, voz kechish huquqiga (asarni chaqirib olish huquqiga) egadir. Agar asar oshkor qilingan bo'lsa, muallif uni chaqirib olganligi to'g'risida ommaga ma'lum qilishi shart. Bunda u asarning avval tayyorlangan nusxalarini o'z hisobidan muomaladan olib qo'yishga haqlidir. Bu qoidalar, agar muallif bilan tuzilgan shartnomada boshqacha qoida nazarda tutilgan bo'lmasa, xizmat asarlariga nisbatan tatbiq etilmaydi. Asarni nashr qilish, omma oldida ijro etish yoki undan boshqacha tarzda foydalanishda asarning o'ziga, nomiga va muallifning ismi ko'rsatilishiga biron-bir o'zgartish kiritishga faqat muallifning roziligi bilan yo'l qo'yiladi. Muallifning roziligisiz uning asarini bezaklar, so'zboshi, xotima, sharhlar yoki biron-bir tushuntirishlar bilan nashr etish taqiqlanadi. Muallifning shaxsiy nomulkiy huquqlari uning mulkiy huquqlaridan qat'i nazar, unga tegishli bo'lib, asardan foydalanishga bo'lgan mutlaq huquqlar boshqa shaxsga o'tkazilgan taqdirda ham uning o'zida saqlanib qoladi. Muallifning o'z shaxsiy nomulkiy huquqlarini amalga oshirishdan voz kechish to'g'risida biron-bir shaxs bilan kelishuvi va bu haqdagi arizasi o'z-o'zidan haqiqiy emas.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.