Asarlar yaratilishini tashkil etuvchi shaxslar (audiovizual asarlarni tayyorlovchilar, entsiklopediyalar noshirlari, prodyuserlar va boshqa shu kabilar) tegishli asarlarning mualliflari deb e'tirof etilmaydi. Biroq ushbu Kodeksda yoki boshqa qonunlarda nazarda tutilgan hollarda, bunday shaxslar ana shu asarlardan foydalanishda mutlaq huquqlarga ega bo'ladilar.
Audiovizual asarni tayyorlovchi bu asardan foydalanilganda o'z ismi yoki nomini ko'rsatishga yoxud ismi yoki nomi ko'rsatilishini talab qilishga haqlidir.
Entsiklopediyalar, entsiklopedik lug'atlardan, ilmiy ishlarning davriy va davomli to'plamlaridan, gazetalar, jurnallar hamda boshqa davriy nashrlardan foydalanishga bo'lgan mutlaq huquqlar ularning noshiriga tegishlidir. Bunday nashrlardan har qanday tarzda foydalanilganda noshir o'z ismi yoki nomini ko'rsatishga yoxud ismi yoki nomi ko'rsatilishini talab qilishga haqlidir. Bunday nashrlarga kiritilgan asarlarning mualliflari, agar mualliflik shartnomasida boshqacha hol nazarda tutilgan bo'lmasa, umuman nashrdan qat'i nazar, o'z asarlaridan foydalanishga bo'lgan mutlaq huquqlarini saqlab qoladilar.
lex.uz’dagi asl matnFuqarolik kodeksi
1049-modda. Asarlar yaratilishini tashkil etuvchi shaxslarning huquqlari
(1049-модда матни Ўзбекистон Республикасининг 2007 йил 16 январдаги ЎРҚ-79-сонли Қонуни таҳририда — ЎР ҚҲТ, 2007 й., 3-сон, 21-модда)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.