Rasmiy hujjat, ramz yoki belgining loyihasiga bo'lgan mualliflik huquqi loyihani yaratgan (ishlab chiqqan) shaxsga tegishlidir.
Rasmiy hujjatlar, ramzlar va belgilarning loyihalarini ishlab chiqqan shaxslar, basharti bunday loyihani ishlab chiqish to'g'risida topshiriq bergan organ tomonidan taqiqlanmagan bo'lsa, o'zlari yaratgan loyihalarni e'lon qilishga haqlidirlar. Loyihani e'lon qilishda uni ishlab chiqqan shaxslar o'z ismlarini ko'rsatishga haqlidirlar.
Vakolatli organ rasmiy hujjat tayyorlash uchun loyihadan, basharti loyiha uni ishlab chiqqan shaxs tomonidan e'lon qilingan yoki tegishli organga yuborilgan bo'lsa, mazkur shaxsning roziligisiz foydalanishi mumkin.
Loyiha asosida rasmiy hujjatlar, ramzlar va belgilar tayyorlash chog'ida rasmiy hujjat, ramz yoki belgi tayyorlayotgan organning xohishiga ko'ra loyihaga qo'shimchalar va o'zgartishlar kiritilishi mumkin.
Vakolatli organ loyihani ma'qullaganidan keyin loyihadan uni ishlab chiqqan shaxsning ismi-sharifini ko'rsatmagan holda foydalanish mumkin.
lex.uz’dagi asl matnFuqarolik kodeksi
1045-modda. Rasmiy hujjatlar, ramzlar va belgilarning loyihalariga bo'lgan huquqlar
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.