Mualliflik huquqi ob'yektlari jumlasiga quyidagilar kiradi:
adabiy asarlar (adabiy-badiiy, ilmiy, o'quv, publitsistik va boshqa asarlar);
dramatik va stsenariy asarlar;
matnli va matnsiz musiqa asarlari;
musiqali-dramatik asarlar;
xoreografiya asarlari va pantomimalar;
audiovizual asarlar;
rangtasvir, haykaltaroshlik, grafika, dizayn asarlari va boshqa tasviriy san'at asarlari;
manzarali-amaliy va sahna bezagi san'ati asarlari;
arxitektura, shaharsozlik va bog'-park barpo etish san'ati asarlari;
fotografiya asarlari va fotografiyaga o'xshash usullarda yaratilgan asarlar;
jo'g'rofiya, geologiya xaritalari va boshqa xaritalar, jo'g'rofiya, topografiya va boshqa fanlarga taalluqli tarhlar, eskizlar va asarlar;
barcha turdagi elektron-hisoblash mashinalari (EHM) uchun dasturlar, shu jumladan amaliy dasturlar va operatsiya tizimlari;
ushbu Kodeksning 1041-moddasida belgilab qo'yilgan talablarga javob beruvchi boshqa asarlar.
lex.uz’dagi asl matnFuqarolik kodeksi
1042-modda. Mualliflik huquqi ob'yektlarining turlari
(1042-модданинг еттинчи хатбоши Ўзбекистон Республикасининг 2007 йил 16 январдаги ЎРҚ-79-сонли Қонуни таҳририда — ЎР ҚҲТ, 2007 й., 3-сон, 21-модда)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.