Fuqarolik kodeksi

1031-modda. Intellektual mulk ob'yektlari

(1031-модданинг 2-банди Ўзбекистон Республикасининг 2023 йил 15 ноябрдаги ЎРҚ-878-сонли Қонунига асосан тўртинчи хатбоши билан тўлдирилган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 16.11.2023 й., 03/23/878/0852-сон — 2024 йил 17 февралдан кучга киради)

Intellektual mulk ob'yektlari jumlasiga quyidagilar kiradi: 1) intellektual faoliyat natijalari: fan, adabiyot va san'at asarlari; ijrolar, fonogrammalar, efir yoki kabel orqali ko'rsatuv yoxud eshittirish beruvchi tashkilotlarning ko'rsatuvlari yoki eshittirishlari; elektron hisoblash mashinalari (bundan buyon matnda EHM deb yuritiladi) uchun dasturlar va ma'lumotlar bazalari; ixtirolar, foydali modellar, sanoat namunalari; selektsiya yutuqlari; oshkor etilmagan axborot, shu jumladan ishlab chiqarish sirlari (nou-xau); 2) fuqarolik muomalasi ishtirokchilarining, tovarlar, ishlar va xizmatlarning xususiy alomatlarini aks ettiruvchi vositalar: firma nomlari; tovar belgilari (xizmat ko'rsatish belgilari); geografik ko'rsatkichlar; tovarlar chiqarilgan joy nomi; 3) ushbu Kodeksda yoki boshqa qonunlarda nazarda tutilgan hollarda intellektual faoliyatning boshqa natijalari hamda fuqarolik muomalasi ishtirokchilarining, tovarlar va xizmatlarning xususiy alomatlarini aks ettiruvchi vositalar.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.