Fuqarolik kodeksi

1024-modda. Asossiz orttirilgan boylikni qaytarish to'g'risidagi talablarning fuqarolik huquqlarini himoya qilish to'g'risidagi boshqa talablar bilan o'zaro bog'lanishi

(1024-модданинг биринчи хатбошиси Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)

Agar qonunchilikda boshqacha tartib belgilanmagan bo'lsa va tegishli munosabatlarning mohiyatidan kelib chiqmasa, ushbu bobning qoidalari, shuningdek: haqiqiy bo'lmagan bitim bo'yicha bajarilgan narsani qaytarish to'g'risidagi; mulkdor tomonidan mol-mulkni birovning qonunga xilof tarzdagi egaligidan talab qilib olish to'g'risidagi; majburiyatidagi bir tarafning boshqa tarafga ana shu majburiyatlar munosabati bilan qaytarish to'g'risidagi; zararni, shu jumladan boylik orttirgan shaxsning insofsizlik bilan qilgan xatti-harakatlari tufayli yetkazilgan zararni qoplash to'g'risidagi talablarga nisbatan qo'llanilishi lozim.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.