Fuqarolik kodeksi

1017-modda. Tovarning, ishning, xizmatning nuqsonlari oqibatida yetkazilgan zararning o'rnini qoplash asoslari

Tovarning (ishning, xizmatning) konstruktiv, retsepturaviy yoki boshqa nuqsonlari oqibatida, shuningdek tovar (ish, xizmat) to'g'risidagi ma'lumot noto'g'ri yoki yetarli emasligi oqibatida fuqaroning hayoti, sog'lig'i yoki mol-mulkiga yoxud yuridik shaxsning mol-mulkiga yetkazilgan zarar sotuvchi yoki tayyorlovchi (ijrochi) tomonidan, ularning aybidan va jabrlanuvchi ular bilan shartnoma munosabatlarida bo'lgani yoki bo'lmaganidan qat'i nazar, qoplanishi lozim. Ushbu moddada nazarda tutilgan qoidalar tovarni (ishning bajarilishi, xizmatning ko'rsatilishi) tadbirkorlik faoliyatida foydalanish uchun emas, balki iste'mol maqsadlari uchun sotib olingan hollardagina qo'llaniladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.