Fuqarolik kodeksi

1001-modda. Zarar yetkazgan shaxsga nisbatan regress huquqi

(1001-модданинг учинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2019 йил 23 майдаги ЎРҚ-542-сонли Қонуни таҳририда — Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 24.05.2019 й., 03/19/542/3177-сон)

Boshqa shaxs (mehnat majburiyatlarini bajarayotgan xodim, transport vositasini boshqaruvchi shaxs va h.k) tomonidan yetkazilgan zararni to'lagan shaxs bu shaxsga nisbatan, agar qonunda boshqacha miqdor belgilanmagan bo'lsa, to'langan tovon miqdorida qayta talab qilish (regress) huquqiga ega. Birgalikda yetkazilgan zararni to'lagan zarar yetkazuvchi zarar yetkazuvchilarning har biridan jabrlanuvchiga to'langan tovonning har bir zarar yetkazuvchining aybi darajasiga mos ulushini talab qilishga haqli. Aybning darajasini aniqlash imkoniyati bo'lmaganda ulushlar teng baravar deb hisoblanadi. Tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organlar, surishtiruv, dastlabki tergov, prokuratura organlari va sudning mansabdor shaxslari tomonidan yetkazilgan zararni to'lagan davlat bunday shaxslarning aybi sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi bilan aniqlangan hollarda, bu shaxslarga nisbatan regress huquqiga ega. Terrorchilikka qarshi operatsiya o'tkazish natijasida yetkazilgan zararning o'rnini qoplagan davlat sodir etilgan aybli harakatlari terrorchilikka qarshi operatsiya o'tkazilishiga sabab bo'lgan shaxsga nisbatan to'langan tovon miqdorida qayta talab qilish (regress) huquqiga ega. Ushbu Kodeksning 993 –– 996, 998-moddalarida ko'rsatilgan asoslar bo'yicha zararni to'lagan shaxslar zarar yetkazgan shaxsga nisbatan qayta talab qilish (regress) huquqiga ega emas.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.