Agar shartnoma tovarni yetkazib berish sharti bilan tuzilgan bo'lsa, sotuvchi tovarni xaridor tomonidan ko'rsatilgan joyga shartnomada belgilangan muddatlarda yetkazib berishi shart.
Tovarlarni shartnomada ko'rsatilgan joyga yetkazib berish uchun sotuvchi:
yetkazib berishni o'ziga tegishli bo'lgan transport vositasida mustaqil ravishda amalga oshirishi (bundan qonunchilikda belgilangan hollar mustasno);
tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) yetkazib berish xizmatlarini ko'rsatish huquqiga ega bo'lgan yetkazib berish xizmatlaridan foydalanishi;
yetkazib berishning qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa usullaridan foydalanishi mumkin.
Qonunchilikka muvofiq yuk xatini rasmiylashtirish talab etiladigan hollarda elektron tijoratda tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) yetkazib berish faqat elektron tarzda shakllantirilgan yuk xati bo'yicha amalga oshiriladi.
Agar shartnomada tovarni yetkazib berish muddati ko'rsatilmagan bo'lsa va mazkur muddatni aniqlash mumkin bo'lmasa, tovar xaridor tomonidan aktsept qabul qilingan paytdan e'tiboran o'ttiz kundan oshmaydigan muddatda yetkazib berilishi kerak.
Sotuvchi tomonidan tovarni xaridorga yetkazib berish muddatlari buzilgan taqdirda, sotuvchi qonunchilikda belgilangan tartibda javobgar bo'ladi.
Agar shartnomada boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo'lsa, sotuvchi xaridorga tovarni yetkazib berishi va bir vaqtning o'zida qonunchilikda nazarda tutilgan tegishli hujjatlarni (texnik pasportni, sifat sertifikatini, qo'llashga doir yo'riqnomani) taqdim etishi shart.
Agar qonunchilikda yoki shartnomada boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo'lsa, tovar xaridorga yoki shartnoma tuzilganligi yoxud tovarni yetkazib berish rasmiylashtirilganligi to'g'risida guvohlik beradigan kvitantsiyani yoki boshqa hujjatni taqdim etgan har qanday shaxsga topshirilgan paytdan e'tiboran chakana oldi-sotdi shartnomasi sotuvchi tomonidan bajarilgan deb hisoblanadi.
lex.uz’dagi asl matn«Elektron tijorat to'g'risida»gi qonun
25-modda. Elektron tijoratda tovarlarni yetkazib berish
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.