«Elektron tijorat to'g'risida»gi qonun

23-modda. Elektron tijorat sohasida to'lovlarni amalga oshirishning o'ziga xos xususiyatlari

Elektron tijorat sohasidagi xo'jalik yurituvchi sub'yektlarga tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishda elektron hisobvaraq-faktura rasmiylashtiriladi. Tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) xo'jalik yurituvchi sub'yektlarga realizatsiya qilish o'zaro hisob-kitoblar to'g'risidagi axborotni soliq organlariga onlayn rejimda uzatish imkonini beruvchi virtual kassadan majburiy foydalanish vositasida amalga oshiriladi. Elektron tijorat sohasida to'lovlarni elektron to'lov vositalaridan foydalangan holda amalga oshirishda virtual kassaning elektron cheki xaridorga mablag'larni oluvchi ko'rsatilgan holda xaridorning abonent raqamiga yoki xaridor ko'rsatgan elektron pochta manziliga yoxud xaridorning shaxsiy kabinetiga yuborilishi kerak. Elektron tijorat sohasida tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) yetkazib berishga doir xizmatlar ko'rsatuvchi tadbirkorlik sub'yektlariga belgilangan tartibda keyinchalik inkassatsiya qilish sharti bilan uchinchi shaxslar (sotuvchilar) uchun to'lovni qabul qilish huquqi beriladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.