Davlat organlari:
davlat organlarida davlat fuqarolik xizmati to'g'risidagi qonunchilikning ijrosini ta'minlaydi;
kadrlarni saralash va tanlash, davlat fuqarolik xizmatchilariga davlat fuqarolik xizmati lavozimlari malaka darajalari berish hamda xizmat tekshiruvlari o'tkazish bo'yicha komissiyalarning faoliyatini tashkil etadi;
davlat fuqarolik xizmatchilari tomonidan xizmat majburiyatlarining bajarilishini va davlat fuqarolik xizmatini o'tash bilan bog'liq bo'lgan cheklovlarga rioya etilishini nazorat qiladi;
davlat fuqarolik xizmatchilarini qayta tayyorlashni, ularning malakasi oshirilishini va ta'lim olishini muntazam ravishda tashkil etadi.
Davlat organlari qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Ushbu moddaning birinchi qismida ko'rsatilgan vakolatlarni amalga oshirish maqsadida davlat organlarida kadrlar bo'linmalari faoliyat yuritadi.
lex.uz’dagi asl matn«Davlat fuqarolik xizmati to'g'risida»gi qonun
9-modda. Davlat organlarining davlat fuqarolik xizmati sohasidagi vakolatlari
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.