Davlat fuqarolik xizmatchisi faoliyatining qonunga xilof ravishda tugatilganligi aniqlangan taqdirda davlat fuqarolik xizmatchisi avvalgi davlat fuqarolik xizmati lavozimiga tiklanadi, buning imkoni bo'lmaganda esa (davlat organining tugatilganligi, shtatlar qisqartirishga sabab bo'ladigan tarzda o'zgartirilganligi yoki ushbu xizmatchini avvalgi davlat fuqarolik xizmati lavozimiga tiklashga monelik qiladigan, qonunda nazarda tutilgan boshqa asoslar mavjud bo'lganda) avvalgi lavozimiga teng bo'lgan boshqa davlat fuqarolik xizmati lavozimiga tayinlanadi.
Davlat fuqarolik xizmati lavozimiga tiklangan davlat fuqarolik xizmatchisiga uning faoliyati qonunga xilof ravishda tugatilganligi tufayli yetkazilgan zararning o'rni O'zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag'lari hisobidan qoplanadi.
Davlat fuqarolik xizmatchisi faoliyatining qonunga xilof ravishda tugatilishida aybdor bo'lgan shaxs qonunda belgilangan tartibda javobgar bo'ladi. Davlat fuqarolik xizmatchisi faoliyatining qonunga xilof ravishda tugatilishi bilan bog'liq zararning miqdori aybdor shaxsdan regress tartibida undiriladi.
lex.uz’dagi asl matn«Davlat fuqarolik xizmati to'g'risida»gi qonun
51-modda. Davlat fuqarolik xizmatchisi faoliyatining qonunga xilof ravishda tugatilishi oqibatlari
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.