«Davlat fuqarolik xizmati to'g'risida»gi qonun

46-modda. Davlat fuqarolik xizmatchisining intizomiy javobgarligi

Davlat fuqarolik xizmatchisi tomonidan lavozim yo'riqnomasiga va Davlat fuqarolik xizmatchilarining odob-axloq qoidalariga, shuningdek ushbu Qonunning 13-moddasida belgilangan cheklovlarga rioya etmaganlik unga nisbatan intizomiy jazo choralarini qo'llash uchun asos bo'ladi. Davlat fuqarolik xizmatchisiga nisbatan quyidagi intizomiy jazo choralari qo'llaniladi: hayfsan; o'rtacha oylik ish haqining o'ttiz foizidan ko'p bo'lmagan miqdorda jarima; malaka darajasini pasaytirish; davlat fuqarolik xizmati lavozimini pasaytirish; egallab turgan davlat fuqarolik xizmati lavozimidan ozod qilish. Davlat fuqarolik xizmatchisiga nisbatan ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilmagan boshqa intizomiy jazo choralarini qo'llash taqiqlanadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.