«Davlat fuqarolik xizmati to'g'risida»gi qonun

36-modda. Davlat fuqarolik xizmatchisi faoliyatining samaradorligini baholash

Davlat fuqarolik xizmatchisini rag'batlantirish hamda xolisona va adolatli mezonlar asosida xizmatda lavozim bo'yicha ko'tarilishini ta'minlash uchun uning faoliyati samaradorligini eng muhim ko'rsatkichlar asosida baholash tizimi joriy etiladi. Davlat fuqarolik xizmatchilari faoliyatining samaradorligini eng muhim ko'rsatkichlar asosida baholash uslubiyati maxsus vakolatli davlat organi tomonidan belgilanadi. Davlat organi davlat fuqarolik xizmatchilari faoliyatining samaradorligini baholash uslubiyatiga muvofiq faoliyatining o'ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda o'z ichki tartibini belgilaydi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.