Ushbu Qonunning amal qilishi Davlat fuqarolik xizmati lavozimlarining davlat reyestriga kiritilgan lavozimlardagi davlat fuqarolik xizmatchilarining faoliyatiga nisbatan tatbiq etiladi.
Ushbu Qonunning amal qilishi:
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlarining va Senati a'zolarining, Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesi hamda boshqa mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari deputatlarining, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senati devonlari xodimlarining, O'zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi a'zolarining, sudyalarning va sud tizimi xodimlarining, O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi a'zolarining, prokuratura, ichki ishlar, mudofaa ishlari, favqulodda vaziyatlar, O'zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi, Davlat bojxona xizmati, Davlat xavfsizlik xizmati va O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat xavfsizlik xizmati organlarida xizmatni o'tayotgan davlat xizmatchilarining, shu jumladan harbiy xizmatchilarning;
davlat organlarining texnik, ishlab chiqarish va xizmat ko'rsatish xodimlarining faoliyatiga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Ushbu Qonunning 24 va 43-moddalari diplomatiya xizmati xodimlariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Ushbu Qonunning 43-moddasi O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki xodimlariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
lex.uz’dagi asl matn«Davlat fuqarolik xizmati to'g'risida»gi qonun
3-modda. Ushbu Qonunning qo'llanilish sohasi
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.