Davlat fuqarolik xizmatiga davlat tilini biladigan, davlat fuqarolik xizmati lavozimlarini egallash uchun tegishli malaka talablariga va boshqa talablarga javob beradigan O'zbekiston Respublikasi fuqarolari qabul qilinadi.
Chet el mutaxassislari va ekspertlari davlat fuqarolik xizmati lavozimlarini qonunchilikda belgilangan tartibda egallashi mumkin. Chet el mutaxassislari va ekspertlarining xizmatni o'tash tartibi hamda shartlari tegishli shartnoma asosida belgilanadi.
Quyidagilar davlat fuqarolik xizmatiga qabul qilinishi mumkin emas:
o'n sakkiz yoshga to'lmagan shaxslar, agar davlat fuqarolik xizmati lavozimiga doir malaka talablarida boshqacha qoida belgilanmagan bo'lsa;
sud tomonidan muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan shaxslar;
sudning qarori bilan muayyan muddatga davlat fuqarolik xizmati lavozimlarini egallash huquqidan mahrum qilingan shaxslar;
korruptsiyaga oid jinoyatlarni sodir etishda sud tomonidan aybdor deb topilgan shaxslar;
og'ir va o'ta og'ir jinoyatlarni sodir etganlik uchun sudlanganlik holati tugallanmagan yoki olib tashlanmagan shaxslar;
tibbiy xulosaga asosan sog'lig'ining holati davlat fuqarolik xizmati lavozimini egallash imkonini bermaydigan shaxslar;
davlat fuqarolik xizmatini o'tash bilan bog'liq bo'lgan, ushbu Qonun 13-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan cheklovlarga rioya etishni rad qilgan shaxslar.
lex.uz’dagi asl matn«Davlat fuqarolik xizmati to'g'risida»gi qonun
28-modda. Davlat fuqarolik xizmatiga qabul qilish shartlari
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.